«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Bugunning gazetalarida: 70 yil avval qurilgan yo‘llar, eshakda tug‘ruqxonaga borayotgan ayollar…

bugungi gazetalarda yurtimiz va dunyoda yuz berayotgan jarayonlarga keng e’tibor qaratilayotgani, istiqlolning 30 yilligi shodiyonalariga tayyorgarlik va avj nuqtaga chiqayotgan saylov jarayonlari hamkasblarimiz e’tibor markazidaligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. «Yangi O‘zbekiston»ning bugungi sonida dunyo va O‘zbekistondagi siyosiy jarayonlar keng yoritilgan.

Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida mamlakatimizning eng oliy mukofoti – O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan vatandoshlarimiz – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori, akademik Shavkat Ayupov va Buxoro tumanidagi «Madaniyat Muhammad Ismat» fermer xo‘jaligi boshlig‘i Muhammad Ahmedovlarning «Ilm ahliga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning gultoji» va «Mehnatdan qadr, rag‘bat topish saodatdir» nomli samimiy dilnomalari o‘quvchi diqqatini o‘ziga tortadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi, O‘zbekiston Qahramoni, tibbiyot fanlari doktori, professor Zayniddin Nizomxo‘jayevning «Buyuk imkoniyat – pandemiya sharoitida saylov o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari nimada?» nomli maqolasi tobora qizg‘in pallaga kirayotgan prezident saylovining o‘ziga xos tomonlari haqida.   Akademik Akmal Saidovning O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab chop etilgan «Yangi O‘zbekiston» kitob-albomi haqidagi «Yangi O‘zbekiston zafarnomasi», O‘zA muxbiri Norgul Abduraimovaning «Qariyb yuz yildan keyin qaror topgan adolat» maqolalari istiqlolimiz, bu yo‘lda jonini qurbon qilgan vatandoshimiz haqida. Gazetaning oxirgi sahifasidan o‘rin olgan «Farg‘ona mo‘’jizalari» sahifasi bugungi Farg‘ona va farg‘onaliklar haqida… «Xalq so‘zi» gazetasida bugungi kunning muhim masalalari aks etgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi , Botir Zokirovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonlari hamda «Sun’iy intelekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axboroti o‘rin olgan. Gazeta sahifalaridan o‘rin olgan «Oliy maqsadga erishishning oydin yo‘li», «Valyuta siyosatida O‘zbekiston qanday yo‘lni tanladi?», «Islohotlarning dastlabki samaralari», «Nyu-Yorkda O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi tantanali ravishda nishonlandi» kabi maqolalarda O‘zbekiston tanlagan yo‘l, uning kechasi va buguni haqida so‘z yuritiladi. Genetika fani yutuqlariga bag‘ishlangan «Transgen g‘o‘zadan biofabrikagacha» maqolasi o‘quvchini befarq qoldirmaydi. «Parranda – haqiqiy xazina» maqolasi tibbiy asosga egaligi va dolzarbligi bilan e’tiborli… «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida O‘zbekiston Qahramonlari Ibrohim G‘afurov va Munojot Yo‘lchiyevalarning «Mustaqillik – e’tiqodimiz», Yuksak ishonch yuksak ijodga chorlaydi» shukronalari, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning «Shuhrating porlasin…» ko‘ngilnomasi gazetadan o‘rin olgan. O‘zbeksiton xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning «Million armonlari ushalgan o‘zbek» maqolasi, Akademik Naim Karimovning «Zo‘r muhitning dengizida…», shoira Zulfiya Mo‘minovaning «Yangi O‘zbekistonning munavvar tonglari» maqolalari yangi zamon tahlil, tadqiqiga bag‘ishlanadi… «Adolat» gazetasidan «Bir jinoyat jabri butun jamiyatga tegishlidir», «Byudjet mablag‘lari islohotlar natijadorligiga xizmat qilyaptimi?!», «Yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr etish zamon talabiga javob beradimi?», «70 yil avval qurilgan yo‘llar, eshakda tug‘ruqxonaga borayotgan ayollar», «Nechun tomoshaga bunchalar o‘chmiz?» kabi maqolalar o‘z mazmun-mohiyati, ko‘tarilgan masalalarning jiddiyligi bilan o‘quvchi e’tiborini qozonadi. «O‘zbekiston ovozi»ning bugungi sonida kunning muhim voqelariga e’tibor qaratilgan. «To‘rt kishi «O‘zbekiston Qaharamoni» unvoni bilan taqdirlandi», “XVIyozgi paralimpiya o‘yinlari boshlandi», «Bizning Fraksiya hukumatga o‘z pozitsiyasini ma’lum qildi» kabi maqolalar shular jumlasidandir.

«10 mingga yaqin xodim nega kam oylik olyapti?», «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kamsitishga chek qo‘yish vaqti yetmadimi?», «Bosh qoldimi do‘ppiga loyiq?», «O‘qituvchilar uchastka saylov komissiyalariga qanday jalb qilinadi?» kabi maqolalar ko‘pchilikning dilidagi gaplar tahliliga bag‘ishlangani bilan muxlislarini o‘ziga jalb qiladi. «Ishonch» gazetasining bugungi sonida isqtiqlolning 30 yilligi arafasida yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan vatandoshlarimiz nomi e’lon qilingan. Gazeta sahifalaridan o‘rin olgan «Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining strategik yo‘nalishi sifatida», «Suv ostida qolgan qal’alar», «Maishatga vaqt topamiz, kitob o‘qishgachi?» kabi maqolalar ko‘tarilgan masalalarning muhim va qamrovining kengligi bilan e’tiborni tortadi. «Vatanparvar» gazetasi mazmun-mohiyati bilan vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qiladi. «Qamrovi keng – nufuzi baland», «Muvaffaqiyat nashidasi», «Qo‘l jangi»ning muzaffar jangchilari», «Elning O‘tkir bolasi» kabi maqolalar ruhida ana shunday boqiy tuyg‘ular hukmron… Gazetalarni o‘qing, kun havosidan nafas oling…

 

A.Narzulloyev, O‘zA

Leave a comment