«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

1 sentyabrdan yo‘llarda ishonchnoma so‘ralmaydi. Adliya vazirligi haydovchilarga eslatma bilan chiqdi

Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy yil 1 sentyabrdan qator hujjatlar elektron shaklga o‘tkazilib, haydovchilardan ularni talab qilish bekor qilinadi.

Elektron shaklga o‘tkazish orqali quyidagi hujjatlarni haydovchilardan talab etish tartibi bekor qilinadi:

●  avtomototransportni boshqarish uchun ishonchnoma (notarial tartibda tasdiqlangan);

●  texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;

●  avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma.

Adliya vazirligi kuchga kirishi kutilayotgan yangi tartib haydovchilar ishonchnoma rasmiylashtirmasa ham bo‘ladi, degani emasligini eslatdi.

Ya’ni, haydovchilar xuddi avvalgidek, ishonchnomani notarius orqali rasmiylashtiradi, Faqat ishonchnomani yonida olib yurmasa ham bo‘ladi. Chunki 2021 yil 1 sentyabrdan ishonchnomalarni YPX xodimlari elektron tizim orqali mustaqil tekshiradi.

Sunnatilla Abdullayev

Leave a comment