«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Toshkentda katta kishi yosh bolani urayotgani aks etgan video tarqaldi

Internet tarmoqlarida katta yoshdagi kishi yosh bolani urayotganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 22 avgust kuni Toshkent shahar IIBB 102 raqami orqali 1987 yilda tug‘ilgan D.O‘lmasxon murojaat qilib, o‘g‘lini urgan qo‘shnisiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Aniqlanishicha, shu kuni soat 14.00 larda Chilonzor tumani 8-mavzeda istiqomat qiluvchi yosh bolalar o‘zaro urushib qolishgan. Ularning tortishuviga bolalardan birining otasi 1986 yilda tug‘ilgan Q.Baxtiyor aralashgan hamda voyaga yetmagan 2010 yilda tug‘ilgan K.Asadbekni urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Voyaga yetmagan K.Asadbekga yetkazilgan tan jarohatining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment