«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qarshida chempion yigitning o‘ldirilishida 8 nafar fuqaro ishtirok etgani, ularning orasida maktab o‘quvchilari ham borligi ma’lum bo‘ldi

Qarshi shahrida sodir bo‘lgan mudhish jinoyat — chempion yigitning o‘limida 8 nafar kishining qo‘li borligi, ularning orasida maktab o‘quvchilari ham borligi ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Qayd etilishicha, bu haqda viloyat prokuraturasida O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hamda Oliy sud raisi Kozimjon Komilov ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilingan.

“Jinoyat ishtirokchilari 8 nafar bo‘lgan. Ularning 7 nafari shu kuni — 17-avgust kuni qo‘lga olingan bo‘lsa, jinoyatning asosiy gumonlanuvchisi Zuhriddin Boymirzayev 18-avgust kuni Chiroqchi tumanida yashirinib yotgan joyidan ushlangan”, — deydi ichchi ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov.

Ichki ishlar vazirining ma’lumot berishicha, jinoyatda gumonlanayotganlarning ikki nafari maktabning 11-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.

Foto: “Daryo

“Jinoyatda asosiy gumonlanuvchi bo‘lgan fuqaroning otasi ukasining xotinini o‘ldirib, 14 yil qamoq jazosini olgan”, — deydi vazir Po‘lat Bobojonov.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 17-avgust kuni Qarshida chempion yigit o‘ldirilgani xabar berilgandi. Bosh prokuratura axborot xizmati mazkur voqeaga munosabat bildirib, holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini, gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb qilingan 7 nafar kishining 6 nafari qamoqqa olingani ma’lum qilgandi. Chempion yigitning do‘pposlanishiga guvoh bo‘lganlar voqea haqida 102 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berilganiga qaramasdan IIB xodimlari voqea joyiga juda kech yetib kelganini aytgandi.

Manba: daryo.uz

Leave a comment