«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Chiroqchi tibbiyot birlashmasiga tashlab ketishgan». Sportchi Elbek Rahimovning o’limi tafsilotlari ochiqlandi

Kecha saytimiz orqali sportchi Elbek Rahimovning o’ldirilgani haqida xabar bergandik. deb yozmoqda nasafnews.uz Qashqadaryo viloyati IIB holat bo’yicha ma`lumot berdi.

Xabarga ko’ra, 17 avgust kuni soat 10:00 larda Qarshi shahrida yashovchi E.R.ni ko’p qavatli uyidan chiqishini kutib turib, u ko’chaga chiqqanidan keyin etti nafar sovuq qurollar bilan qurollangan shaxslar uni bosh, yuz, ko’krak va tanasining boshqa sohalariga urib, og’ir tan jarohati etkazib, «Jentra» avtomashinasiga majburan mindirishib, Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga olib borib tashlab ketishgan.

Natijada E.R. ko’rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan shu kuni shifoxonada vafot etgan.

Jinoyatni «issiq izlar»da fosh etish maqsadida olib borilgan tezkor qidiruv surishtiruv tadbirlari natijasida shu kunning o’zida jinoyatga aloqador Qarshi shahri va Qarshi tumanida yashovchi fuqarolar Sh.T., J.A., O.R., YA.YA., Sh.Z. va E.A. ushlangan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar prokurori tomonidan Z.B. va boshqalarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2-qismi «l,p» bandlari bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib, ushbu olti kishi gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilindi hamda himoyachi bilan ta`minlanib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: nasafnews.uz

Leave a comment