«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Toshkentda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining bir guruh a’zolari aniqlandi

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi doirasida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida Suriyada faoliyat olib borayotgan xalqaro terrorchilik tashkilotlarining bir guruh a’zolari aniqlandi.

Poytaxt IIBb matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, hozirda qidiruvda bo‘lgan quyidagi shaxslar ushbu tashkilot bilan internet tarmog‘i orqali aloqada bo‘lib kelganlikda gumonlanmoqda:

  • 1978-yilda tug‘ilgan, Olmazor tumanida istiqomat qilgan Musajonova Feruza Sabitovna;
  • 1981-yilda tug‘ilgan, Shayxontohur tumanida istiqomat qilgan Qosimov Sarvar Odiljonovich;
  • 2001-yilda tug‘ilgan, Uchtepa tumanida istiqomat qilgan Abdukaxorov Abduraxim Abdumalik o‘g‘li;
  • 1993-yilda tug‘ilgan, Yashnobod tumanida istiqomat qilgan Djumabayev Dilshod Murod o‘g‘li;
  • 1999 yilda tug‘ilgan, Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qilgan Muhammadbakiyev Abdulahad Baxtiyor o‘g‘li;
  • 1990-yilda tug‘ilgan, Yunusobod tumanida istiqomat qilgan Ulmasov Mirolim Mirsamuxovich;
  • 2001-yilda tug‘ilgan Sergeli tumanida istiqomat qilgan Sobirjonov Nodir Jaxongir o‘g‘li.

Toshkent shahar IIBB TB ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi doirasida Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod va Sergeli tumanlari hududidagi 108 ta manzillarda prokuror sanksiyasi asosida tintuv tergov harakati o‘tkazilib, 94 nafar shaxslar ichki ishlar bo‘limlariga olib kelingan.

Tadbir davomida ushlangan shaxslarning yashash manzillarida o‘tkazilgan tezkor tergov harakatlari natijasida ekstremistik oqim va xalqaro terrorchilik tashkiloti targ‘ibotchilarining aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan va taqiqlangan materiallar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olingan.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida 1 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda 10 nafar shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy jazo choralari tayinlangan. Hozirda tezkor tergov tadbirlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent viloyatining Chinoz tumanida “Jihodchilar” ekstremistik oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olingani, Zangiota tumanida ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan bir guruh shaxslar aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Manba: daryo.uz

Leave a comment