«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekiston eksport qilayotgan gilamlarning 90 foizdan ortig‘i Samarqand viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston 2021-yilning yanvar—iyun oylarida qancha gilam eksport qilganiga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Hududlar kesimida gilam eksporti:

  • Samarqand viloyati — 15,4 million dollar;
  • Buxoro viloyati — 283,4 ming dollar;
  • Jizzax viloyati — 225 ming dollar;
  • Andijon viloyati — 223,0 ming dollar;
  • Farg‘ona viloyati — 127,1 ming dollar;
  • Sirdaryo viloyati — 78,8 ming dollar;
  • Toshkent viloyati — 68,2 ming dollar;
  • Toshkent shahri — 42,3 ming dollar;
  • Xorazm viloyati — 30,8 ming dollar;
  • Surxondaryo viloyati — 17,6 ming dollar.

Ta’kidlash kerakki, mamlakatda gilam eksportining 93 foizdan ortig‘i Samarqand viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yilning o‘tgan 9 oyi davomida 18,1 million AQSh dollari qiymatidagi 6 million metr kvadratdan ortiq gilamlar eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan edi.

Manba: daryo.uz

Leave a comment