«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan asosiy bayram tadbiri qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 17-avgust kungi soniga bergan intervyusida mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan asosiy bayram tadbiri qayerda o‘tkazilishi haqida gapirdi.

“Avvalo shuni aytish kerakki, o‘z yurtida ozod va erkin hayot, adolatli jamiyat barpo etishdek ulkan maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan har qanday xalq, har qanday millat og‘ir, mashaqqatli va murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi.

Kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan o‘zbek xalqi ham 1991-yil 31-avgustda muqaddas orzusiga erishdi – jonajon vatanimiz o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritdi.

Nasib etsa, yana sanoqli kunlardan keyin ana shu qutlug‘ sananing 30 yilligini ulkan shodiyona sifatida keng nishonlaymiz.

Bu shonli bayram oldidan mamlakatimizda katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Joylarda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari shiddat bilan olib borilmoqda. Jumladan, poytaxtimizga tutash 100 gektardan ortiq ulkan hududda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hamda betakror Mustaqillik majmuasi jadal sur’atlar bilan bunyod etilmoqda. Nasib etsa, bu yil eng ulug‘, eng aziz bayramimizni mana shu yangi maydonda o‘tkazamiz”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Manba: daryo.uz

Leave a comment