«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Mudofaa vazirligi urib tushirilgan afg‘on samolyoti bo‘yicha bayonot berdi

Bugun ijtimoiy tarmoqlar va OAVda Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston qurolli kuchlari belgilari bo‘lgan harbiy samolyot urib tushirilgani xabar berilgan.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi OAV departamenti boshlig‘i Bahrom Zulfiqorov Xabar.uz so‘roviga javoban hodisani tasdiqlab, samolyot chegarani noqonuniy buzib kirganini ma’lum qildi.

Hozirda tekshiruv va tergov ishlari olib borilmoqda. Mudofaa rasmiysi hodisa bo‘yicha yakuniy munosabat berilishini aytgan.

Hodisa oqibatida qurbonlar kuzatilmagan.


Afg‘onistondagi holat bo‘yicha onlayn translyasiyani bu yerda kuzatishingiz mumkin.

Manba: xabar.uz

Leave a comment