«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Farg‘onada Valiyevlar xonadoni 6 ta yetim bola asrab oldi

Xabaringiz bor , Prezident qaroriga ko‘ra Milliy gvardiya Mehribonlik uylariga ko‘maklashish uchun biriktirilgan edi. Shu kundan boshlab, Milliy gvardiya xodimlari Yurtboshimiz qarorlari ijrolarini ta’minlashga kirishib ketdilar.

12 avgust kuni Farg‘ona tumani, Cheksho‘ra MFYda istiqomat qiluvchi Valiyevlar oilasi Marg‘ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyidan tegishli tartibda, 6 tagacha bola olishga sharoiti borligini bildiradi. Milliy gvardiya bu mavzuni ochiq qo‘ymasdan oilaning sharoitini borib o‘rganadi. Shart-sharoitlari bilan tanishish paytda oila barcha talablarga javob berishi aniqlanadi.

Mazkur oila 3 yildan beri farzand asrab olish uchun tegishli idoralarga murojaat qilib, natija ololmagan. Bu muammoni Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i ,polkovnik Akbarov Shavkat O‘ktamovich ijobiy hal qilib berdi.

Rasmiylashtirish masalasida esa Farg‘ona shahar Xalq ta’limi bo‘limi, vasiylik va homiylik organi mutaxasisi Xurshida Hakimova yaqindan yordamlashib, asrab oluvchi ota-onaga ko‘maklashdi. Bugun Valiyevlar honadoni masullar ko‘magida Marg‘ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyidan 6 nafar chin yetim bolani farzand qilib asrab olishdi.

Farg‘onada Valiyevlar xonadoni 6 ta yetim bola asrab oldi

Polkovnik SH.Akbarov hamda Viloyat hokimining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Fayzullo Qosimov bolalarni oilaga biriktirish bilangina kifoyalanib qolmadi. Ularni holidan kun ora shaxsan o‘zi xabar olib, bolalar bilan suhbat uyushtirib kelmoqda.

Farg‘onada Valiyevlar xonadoni 6 ta yetim bola asrab oldi

Farg‘onada Valiyevlar xonadoni 6 ta yetim bola asrab oldi

Farg‘onada Valiyevlar xonadoni 6 ta yetim bola asrab oldi

“Bolalarni oilaga qaytarish masalasiga kelsak, buni Vazirlar maxkamasining 2007-yil 31-iyul kunidagi 158-sonli «Oilaviy bolalar uylari to‘g‘risidagi nizomiga ko‘ra davlat sherikchiligi asosida amalaga oshirmoqdamiz. Faraz qiling agar bola mehribonlik uyida bo‘lsa kechki ovqatdan keyin qorni ochsa nima qiladi?

Oshpazlar ketgan, oshxona yopiq bo‘ladi, dardini birovga aytolmay yotishi kishini o‘ylantiradi. Oila davrasida bo‘lsa ixtiyori o‘zida, istagan paytda muzlatgichdan hoxlagan narsasini olib yeydi. Shu bilan birga unga alohida yondashuv bo‘ladi. Asosiysi uni tinglovchilari bo‘ladi. Oilani Mehribonlik uylaridan ham farqi shunda. Mehribonlik uylarida shu kungacha bolalarga guruh – guruh qilib umumiy e’tibor berilgan bo‘lsa, oilada, bolaga shaxs sifatida alohida yondashuv bo‘ladi.

O‘zbekchilik degan narsalarni ko‘radi, mentalitet nimaligini biladi, o‘z hayoti uchun kurashishni boshlaydi, asosiysi oilani muqaddas dargohligini biladi. Albatta bu bolani kelajagi uchun ham foyda. Imtiyozlar masalasiga kelsak, oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan bolalarni xam barcha imtiyozlari saqlanib qoladi. Voyaga yetgach davlat tomonidan belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlanadi.» –deydi Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshlig‘i polkovnik Shavkat Akbarov

Farg‘onada Valiyevlar xonadoni 6 ta yetim bola asrab oldi

Polkovnik Shavkat Akbarov

Farg‘onada Valiyevlar xonadoni 6 ta yetim bola asrab oldi

Chindan ham, bola oila muhitida erkin o‘sib, ota- ona mehri va tarbiyasini ko‘rib ulg‘ayishi nechog‘lik katta ahamiyatga egaligi hech kimga sir emas. Oilada o‘sgan bolalar yuragida o‘ksinish tuygusi bo‘lmaydi. Buni Mehribonlik uyida o‘sgan bolalar juda yaxshi biladilar.

Eslatish joizki, qonunchilikga ko‘ra “Oilaviy bolalar uyi“ga berilgan bolalarni yashash davrida, voyaga yetguniga qadar asrab olgan ota-onalarga davlat tomonidan muntazam yordamlar ko‘rsatiladi.

Mahalladagi qo‘shnilar bilan gaplashganimda, bolajonlarni qadami qutlug‘ kelganini aytishadi. Unga ko‘ra Bolajonlar kelguncha mahallada «Stolbalar» eski va taxtali bo‘lgan, yo‘llar turpoq, mashina yurolmas darajada edi. Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Akbarov bu holatni ko‘rib barcha ma’sullarni to‘plab ularga ko‘rsatmalar berdi. Mana bugun mahallamiz yo‘llari asfaltlanyabdi, shu bahona ichimlik suvi kelyabdi, ko‘chalarimizga zamonaviy yoritgichlar qo‘yilmoqda.

Farg‘onada Valiyevlar xonadoni 6 ta yetim bola asrab oldi

Farg‘onada Valiyevlar xonadoni 6 ta yetim bola asrab oldi

Mahallamizdan yo‘nalishli marshrutlar yurmas edi, bolajonlarni maktabga qatnashini o‘ylagan polkovnik transport boshqarmasiga chiqib, eshigimiz tagidan damaslarni yurgizib qo‘ydi, gaz yo‘q edi gaz keldi deb hursand bo‘lib gapirishmoqda. Bugun ushbu mahhalla ahli bolajonlarni o‘z bolasiday ko‘rib, ularga imkon boricha yordam berishini aytish bilan birga ma’sullarga rahmatini aytmoqda.

Farg‘onada Valiyevlar xonadoni 6 ta yetim bola asrab oldi

Bolalarni onasi Valiyeva Ziyodaopa bilan gaplashganimda Polkovnik Shavkat Akbarov Prezidentimiz buyruqlarini bajarayotgani, ularni o‘z holiga tashlab qo‘ymaganligini, har ikki kunda bir xabar olib turganini aytadi. «O‘g‘il – qizlarimizga yotgani kravat yo‘q edi, har biriga alohidadan kravat, dars qilishlari uchun parta va stullar, o‘g‘il-qizlar honasiga 1 tadan televizorlarni olib keldi. Prezident maktabiga hujjat topshirgan o‘g‘il qizlarimiz, qiynalmasdan dars qilishi uchun barcha sharoitlarim bor» – deydi.

Farg‘onada Valiyevlar xonadoni 6 ta yetim bola asrab oldi

Farg‘onada Valiyevlar xonadoni 6 ta yetim bola asrab oldi

Oila himoyachisi farzandlarni otasi Valiyev Nabijon Toxirovich farzandlari 10 ta bo‘lganidan judayam hursand. «Bolalar uyga kelishi bilan mahallada velosiped minib yurgan sheriklarini ko‘ri, dada bizga ham velosiped olib bering deyishdi. Bugun ertalabda bozorga borib har biriga 1 tadan yangi velosiped olib berdim. Mana ularni quvonchini o‘ziz ko‘rib turibsiz. Meni xususiy tadbirkorligim, 2 gektar yerim bor, bolalarga kelajakda shu bog‘imdan bo‘lib berib uy-joy qilib berishni niyat qilgandim. Lekin voyaga yetishi bilan davlat ularga uy berishi haqidagi qaror ham bor ekan buni endi eshitdim»-deydi.

Farg‘onada Valiyevlar xonadoni 6 ta yetim bola asrab oldi

10 ta bolani tarbiyalab voyaga yetkazish bugungi kunda oson ish emas. Buni chin qahramonlik desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Valiyevlar xonadoni 6 nafar chin yetim bolani asrab olib insonparvarlikning yuksak namunasini ko‘rsatdi.

Bolalardagi quvonch meni ham to‘lqinlantirib yubordi. Ular bilan suhbatlashib bir muddat bolaligim esga tushdi. Kichkintoylar oila bag‘rida shunday xursand-ki ta’rifga til ojiz. Mehribonlik uyidan kelishlari bilan begonasiramay «aya» «dada» deyishni boshlagan. Oiladagi aka va opalari bilan tez til topishib ketishdi deydi otalari.

1942-yil Ikkinchi jaxon urushi davrida Shomahmudovlar oilasi 16 nafar bolani asrab olgani barchamizga ayon. Shunday ocharchilik zamonlarida, og‘ir davrlarda ham bola asrab olgan o‘zbegimga qoyil qolishimiz kerak.

Bugun Vatanimiz tinch, zamonamiz to‘q bo‘lib turgan bir paytda, mehrga zor bolalarni borligi, shunday bag‘ri keng xalqimiz turganida mehribonlik uylarini bo‘lishi, bu aslida o‘zbek xalqi uchun bir signal.

Huquqshunos bloger Shermuhammad Dehqonov

Advertisements

Manba: aniq.uz

Leave a comment