«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Afg‘onistonda benzin taqchilligi boshlandi

Afg‘onistonda benzin taqchilligi boshlangan, o‘tgan hafta oxirlarida mamlakatga neft mahsulotlarini yetkazib berish to‘xtatilgan.

«Tolibon» Kobulni bosib olgan kuni neft mahsulotlari importi to‘xtagan. Shu yo‘nalishdagi kompaniyalar yangi hukumat vakillari bilan kelishish yo‘llarini qidirishmoqda», deyiladi xabarda.

Argus agentligining yozishicha, tolibonlar bojxona, soliq, yuk tashish va boshqa bozor yo‘nalishlaridagi avvalgi tartibni saqlab qolishmoqchi.

Afg‘oniston neft mahsulotlaridan asosan avtomashinalar minish va elektr ishlab chiqarishda foydalanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilda 566 ming tonna benzin, 951 ming dizel yonilg‘isi, 623 tonna uglerod gazi import qilingan.

Manba: xabar.uz

Leave a comment