«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

6 oyda 937 nafar chet ellik qiz yurtimizga kelin bo‘lgan

FHDYO organlari tomonidan 2021 yilning yanvar-iyul oylarida jami 385 ta ota- onasi xorijiy mamlakat fuqarosi bo‘lgan bolalarning tug‘ilishi qayd etildi.

Eng ko‘p tug‘ilish Surxondaryo (70 ta) va Qashqadaryo (43) viloyatlarida qayd qilingan.

Ushbu davrda jami 96 ta chet elliklarni ya’ni ikki tomon ham horijiy mamlakat fuqarosi bo‘lgan chet elliklarning nikohi FHDYO organlarimiz tomonidan qayd qilinib, shundan eng ko‘p nikoh Toshkent shahrida (16 ta), Surxondaryo viloyatida 13 ta qayd qilingan.

FHDYO organlari tomonidan 2021 yilning yanvar-iyul oylarida jami 2113 nafar O‘zbekiston fuqarolari va chet ellik fuqarolar o‘rtasida nikoh qayd qilingan. Shundan 1272 nafar o‘zbekistonlik qizlarimiz horijiy mamlakat fuqarosi bo‘lgan kuyovlarga turmushga chiqqan. Shuningdek, 937 ta xorijiy mamlakat fuqarosi bo‘lgan chet ellik qizlarni yurtimizga kelin qilib oldik.

Eng ko‘p kuyovlarmiz Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Koreya Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari va boshqa xorijiy mamlakat fuqarolari bo‘lib eng ko‘p kelinlarimiz Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Gruziya, Ozarbayjon mamlakatlari fuqarolarini tashkil etmoqda.

FHDYO organlari tomonidan 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida 143 555 ta nikoh qayd etildi. Eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida (16 680 ta) va eng kam nikoh Sirdaryo viloyatida (3667 ta) qayd qilindi. Eng ko‘p quda-andalik rishtalarini bog‘lagan hududlarmiz Toshkent shahri va Toshkent viloyati hisoblanib, jami 1517 ta holatda ikki qo‘shni hudular o‘rtasida nikoh qayd etilgan. Ro‘yxatida Sirdaryo va Jizzah viloyatlari 519 ta , Samarqand va Jizzax viloyatlari 460 ta fuqarolarning nikohlari qayd qilinib viloyatlar o‘rtasida quda –andalik rishtalari bog‘landi.

 

O‘zA

Leave a comment