«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Pandemiyaga qarshi kurashish doirasida AQShdan taqdim etilgan insonparvarlik yordamining ikkinchi qismi O`zbekistonga olib kelindi

Bugun pandemiyaga qarshi kurashish doirasida Buxoro yahudiylarining butunjahon kongressi shafeligida «Global Jewish Assistance and Relief Network» fondi tomonidan taqdim etilgan insonparvarlik yordamining ikkinchi qismi Toshkentdagi Islom Karimov xalqaro aeroportiga olib kelindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Beg`araz yordamning ikkinchi jo`natmasi tarkibiga 31,2 ming dona №95, 4 ming dona KN95  va 102 ming dona uch qatlamli ASTMF2100 Level 1 markali, jami 137,2 ming dona tibbiy niqoblar kiritilgan.

Ushbu fond taqdim etgan yordam doirasida O`zbekistonga jami 271,2 ming dona tibbiy niqob keltirildi.

Yuk koronavirusning yangi to`lqinlari va mutasiyalariga qarshi kurashish doirasida O`zbekiston tibbiyot muassasalarining tibbiy ta`minot zahiralarini mustahkamlashga ko`maklashish maqsadida jo`natildi.

Yukning ikkinchi qismini Nyu-Yorkdan Toshkentga etkazib berish   «UMT GlobalLogistics LLC» yuk tashish kompaniyasi direktori, vatandoshimiz  Akmaljon Jumaboevning moliyaviy ko`magida amalga oshirildi.

Beg`araz yordam yuki O`zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi va Isroildagi elchixonasi diplomatlari ko`magida shakllantirildi va jo`natildi.

O`zbekistonga taqdim etilgan tibbiyot maskalarini respublikaning tegishli tibbiyot muassasalariga etkazib berish ta`minlanadi.

Manba: darakchi.uz

Leave a comment