«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Zaharlanishmi yoki pnevmoniya: Toshkentdagi bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy profilda keltirilgan xabarga ko‘ra Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 1 nafar tarbiyalanuvchining oziq-ovqat zaharlanishidan vafot etganligi keltirilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tarbiyalanuvchi Baxtiyorova Marjona Doniyor qizi 2021 yil 2 avgustdan 7 avgustga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali shifokorlari tomonidan “Shifoxonadan tashqari ikki tomonlama o‘choqli pnevmoniya. Asoratlari: Yurak qon-tomir yetishmovchiligi. Miya shishi” tashxisi qo‘yilib davolash ishlari olib borilgan, shifokorlarning harakatlariga qaramay pnevmoniya kasalligi asoratlariga ko‘ra yurak qon-tomir yetishmovchiligi tufayli 7 avgust kuni biologik o‘lim qayd etilgan.

Holat yuzasidan bugungi kunda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tekshiruv-surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda, o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Manba: aniq.uz

Leave a comment