«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Toshkent va Qashqadaryoda koronavirusga qarshi dorilar «qora bozor»da qimmatga sotilayotgani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.B. dori vositalarini qimmat narxlarda muomalaga kiritish orqali noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, boshqa bir fuqaroga Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan 20 dona “Remdesivir Jubi-R” dori vositasini har birini 900 ming so‘mdan, Ukraina davlatida ishlab chiqarilgan 20 quti “Serebrokurin” dori vositasini har bir qutisini 410 AQSh dollaridan hisoblab jami 9 900 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro SH.A. xorijda ishlab 130 dona “Covifor” (Remdesivir Injectio) dori vositasini har bir donasini 650 ming so‘mdan hisoblab, jami 84,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Xuddi shunday, fuqaro R.SH. va F.A.lar oldindan til biriktirib, Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan 21 dona “Remdesivir for injection” dori vositasini har bir donasini 850 ming so‘mdan hisoblab, jami 17,8 mln so‘mga sotgan vaqtida Departamentning Qarshi shahar bo‘limi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Leave a comment