«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Mehribonlik uyida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Jizzax shahridagi 29-sonli mehribonlik uyi bitiruvchilari uchun viloyat qo‘riqlash va Milliy gvardiya bo‘yicha viloyat boshqarmalari hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yurtimizda barcha mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, ish bilan band qilish, uy-joy bilan ta’minlash maqsadida bir qator isohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur yarmarka Jizzax shahridagi 29-sonli Mehribonlik uyi bitiruvchilarini bo‘sh ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Unda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat bandlikka ko‘maklashish bosh boshqarmasining Jizzax shahar hamda Sharof Rashidov tumani filiallari vakillari va oilaviy poliklinika xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Mehribonlik uyi bitiruvchilari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning qiziqishlari, istak, bilim va ko‘nikmalarini inobatga olgan holda ishga joylashishlariga ko‘maklashildi.

Mehribonlik uylari bitiruvchilari uchun o‘tkazilgan bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi ish bilan ta’minlab, kasb hunarga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

A.Qayumov, O‘zA

Leave a comment