«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Tibbiyot markazida 175 million, sport maktabida 29,5 million so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingan

Qashqadaryo viloyatidagi yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida xodimlarga 29,5 million so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar asossiz to‘langani ma’lum bo‘ldi.

Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar qilmoqda.

Shuningdek, Samarqand viloyatidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida ham byudjetining juda ko‘p miqdordagi mablag‘lari rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Samarqand filiali mansabdor shaxslari markazda ishlovchi 54 nafar ishchi-xodimlarga umumiy 175 million so‘mlik tug‘ruqqacha va tug‘ruqdan keyingi ta’til, kasallik varaqasi va mehnat ta’tili hamda ustama pullarini asossiz hisoblagan. O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududiy prokuratura organlari tomonidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Maftuna KARIMOVA, O‘zA

Leave a comment