«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Nogironligi bo`lgan bolalarni vasiylikka olgan oilalarga to`lanadigan to`lovlar 2 mln 450 ming so`mgacha etkaziladi

Xabar berganimizdek,  “Yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 dekabrgacha uy-joyga muhtoj 757 nafar etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar uy-joy bilan ta`minlanadi.

2022 yil 1 sentyabrdan yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarning uy-joyga muhtojligi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlanadi.

 2021 yil 1 sentyabrdan:

yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar davlat tasarrufidagi maktabgacha ta`lim tashkilotlari va maktablarga navbatga qo`yilmagan holda joylashtiriladi;

texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda o`qiyotgan davrida har o`quv yilida bir marotaba o`quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun BHMning 5 baravari (1 mln 225 ming so`m) miqdorida subsidiyalar ajratiladi;

o`quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining tegishli yo`nalishlar bo`yicha kurslarda o`qish xarajatlari bir yilda BHMning 20 baravarigacha (4 mln 900 ming so`mgacha) miqdorda kompensatsiya qilinadi;

o`qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya to`lovlari 50 foizga oshirilgan holda to`lanadi.

2021/2022 o`quv yilidan OTMga abiturientlarni qabul qilishning umumiy sonidan SOS – bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to`lmagan) uchun qo`shimcha ravishda 1 foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi.

2021 yil 1 sentyabrdan o`quv-tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar navbatsiz beriladi.

2021 yil 1 sentyabrdan nogironligi bo`lgan bolalarni vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarga to`lanadigan to`lovlar BHMning 10 baravarigacha  (2 mln 450 ming so`mgacha) yetkaziladi.

Og`ir kasallikka chalingan yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarning xorijiy davlatlardagi jarrohlik operatsiyalari bilan bog`liq xarajatlar to`liq miqdorda kompensatsiya qilinadi.

Manba: darakchi.uz

Leave a comment