«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Olimpiada sovrindorlariga Prezident sovg‘alari tayyorlandi

«Prezident sovg’asi» yozuvi hamda Tokio-2020 Olimpiadasi logotipi tushirilgan Tahoe rusumli mashinalar videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Ushbu qimmat avtomobillar Olimpiada g‘oliblari uchun atalgan sovg‘a ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Tokio-2020» Olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi samolyoti bugun, 9 avgust kuni soat 20:00 da Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelishi kutilmoqda. Delegatsiya 21:00 da aeroportdan Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon ikki qavatli maxsus avtobuslarda harakatlanadi. 

O‘zbekiston ushbu olimpiya o‘yinlarida jami beshta medalni qo‘lga kiritdi. Ulardan uchtasi oltin, ikkitasi bronza medallar sanaladi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment