«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

6-sinfdan a’lo bahoga o‘qigan va xulqi yaxshi bo‘lgan o‘quvchilar OTMga imtihonsiz kirishi mumkin

Bu haqda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov «Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi .

Vazir so‘zi davomida tavsiyanoma kimlarga berilishi mumkinligiga to‘xtaldi.

«Bolaning taqdiri nimaga faqat bir kun bilan hal bo‘lib ketishi kerak? Kelinglar, maktab bitiruvchilarining qanchadir foizini, masalan, 6-sinfdan buyog‘iga yaxshi o‘qigan, xulqi yaxshi bo‘lgan bolalarga (tavsiyanoma — tahr.) beraylik degan vazifa qo‘yildi», — dedi u.

U shuningdek, tanganing ikkinchi tomoni borligiga ham e’tibor qaratdi.

«Bu vazifaning ikkinchi tomoni — ertaga maktabda qanday qilib potensial korrupsiyaning oldini olamiz, degan masala bor. Hozir elektron kundalik qilishimizning sababi ham oxirida mana bu bolani a’lochi qilib chiqarishimiz kerak, deb baholarni tuzatib chiqa olmasligi uchun arxiv bizda tursin, deyapmiz», — dedi Sherzod Shermatov.

Manba: aniq.uz

Leave a comment