«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Telejurnalist» nashrdan chiqdi

«Ilm-ziyo-zakovat» nashriyoti O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Saodat O‘rmonovaning «Telejurnalist» kitobini chop etdi.

Telejurnalist izlanuvchan, o‘ziga yuklangan topshiriqlarni o‘z vaqtida, yuksak saviyada bajara oladigan, kasbini fidoyilarcha sevuvchi, tanqid va tahlilga o‘ch ijodkorlardan, deyishadi hamkasblari. Ushbu jihatlar kitobni o‘qigan o‘quvchiga ham ayon bo‘ladi. Muallif «Telejurnalist» kitobi orqali uzoq yillik tajribasini bo‘lg‘usi ijodkor jurnalistlarga ulashgan, hayoti mobaynida chiqargan xulosalarini yosh hamkasblariga ilingan. Kitob bir necha bo‘limdan iborat.

Muallif faqat o‘z qarashlari, ko‘rsatuvlarning tasvirga olinishi bilan bog‘liq voqealarni izohlash bilangina chegaralanmaydi. Yon daftariga o‘zi uchun qayd qilgan qimmatli fikrlarni ham qizg‘anmay ulashadi, ustozlari va ulardan olgan ibratlari haqida to‘lqinlanib so‘zlaydi.

To‘plam Shuhrat Hayitov muharrirligida chop etilgan.

D. Mamatova, O‘zA

Leave a comment