«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

JSST rahbari insoniyatni «katta xavfli davr»dan ogohlantirdi

JSST rahbari Tedros Gebreyesusga ko‘ra, emlash bo‘yicha muvaffaqiyatlarga qaramasdan insoniyatga koronavirus tarqalishi bo‘yicha «real xavf» tahdid qilmoqda. 

«Vaksinatsiyadagi muvaffaqiyatlar sabab yaxshi natijalarga erishildi. Ammo hozir dunyoga ulkan xavf tahdid solmoqda. Barcha erishilgan yutuqlardan mosuvo bo‘lishimiz mumkin»,—deyiladi  Gebreyesusning nutqida.

JSST rahbarining aytishicha, kasallar sonining oshishiga odamlar ijtimoiy aloqalardagi cheklovlarga rioya qilishni to‘xtatishi, sog‘liqni saqlash tizimlari nomuvofiq ishlayotgani va emlash darajasi notekisligi sabab bo‘lgan.

Jahonda vaksina bo‘yicha tengsizlik davom etmoqda. Kambag‘al davlatlarda vaksina muammosi turganda, o‘ziga to‘q davlatlar aholisini ikki martalab emlamoqda. Shu sababli JSST rahbari qayta vaksinalashga biroz vaqt moratoriy e’lon qilishni taklif etgan.

Manba: xabar.uz

Leave a comment