«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Safina Sadullayeva finalda

Yengil atletikachimiz Safina Sadullayeva saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, final dasturida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritdi.
Balandlikka sakrash yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sadullayeva 1.95 metr balandlikdan o‘ta oldi. Umuman olganda, A va V guruhlarida ishtirok etgan atletlardan 14 ishtirokchiga 1.95 metrdan o‘tish nasib qildi. Eslatib o‘tamiz, ushbu dasturda qatnashgan boshqa bir vakilimiz Svetlana Radzivil 1.90 metr bilan saralashda qolib ketdi.

Ushbu yo‘nalishning final bahslari 7 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:35 da boshlanadi.

Manba: aniq.uz

Leave a comment