«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Prezidentlikka navbatdagi nomzod e’lon qilindi

Ayni damda  O‘zbekiston «Adolat» SDP Siyosiy Kengashining navbatdagi Plenumi o‘tkazilmoqda.

Unda partiya Siyosiy Kengashi hamda Ijroiya qo‘mitasi a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Plenumda «Adolat» SDP 2021 yilgi prezidentlik saylovlariga partiya rahbari Bahrom Abduhalimovni nomzod sifatida ko‘rsatishini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini ilgari surgandi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment