«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Kecha yurtimizda 559 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi

2021 yil 4 avgust kuni 559 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 12984 nafarga yetdi.

Kecha ularning 477 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 5495 nafarni  tashkil qilmoqda.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 87 nafarga yetdi.

Yuqoridagi jadvalda pnevmoniya qayd etilishi va ushbu kasallikdan sog‘ayish ko‘rsatkichlari hududlar kesimida keltirilgan.

Manba: o’za.uz

Leave a comment