«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Terpila» degan inspektorga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Internet tarmog‘ida haydovchi va YPX inspektori o‘rtasidagi kelishmovchilik aks etgan video tarqaldi. Unda inspektor holatni videotasvirga olayotgan haydovchini «terpila» deydi va tomonlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keladi.

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021-yil 31-iyul kuni Shayxontohur tumani Layliqo‘rg‘on ko‘chasida Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori Begzod Mirzarahimov tomonidan YHQ qoidabuzarliklari uchun o‘z vaqtida jarima to‘lamagan haydovchilarni aniqlash bo‘yicha maxsus tadbir davomida «Cobalt» (davlat raqami 01 Ye 636 SA) rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

«Tekshiruv davomida transport vositasi haydovchisi 1979 yilda tug‘ilgan Komilxon N. inspektorga nisbatan betakallufona muomalada bo‘lib, konstruktiv suhbat qilishdan bosh tortganini videoda ko‘rish mumkin. Natijada ular orasida yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli inspektor muomala madaniyati qoidalarini buzgan. Inspektorning xatti-harakatlari yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB rahbariyati tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlandi», deyiladi IIBB xabarida.

Manba: xabar.uz

Leave a comment