«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Surxondaryoda bozorda erkak qaynanasini do`pposladi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Turmushobod mahallasida 2021 yil 30 iyul kuni kuyovi tomonidan do`pposlangan Ra`no Xolova» sarlavhasi ostida videomurojaat tarqaldi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmatining  ma`lum qilishicha,   2021 yil 30 iyul kuni soat taxminan 08:30 larda «Turmushobod» mahallasida yashovchi fuqaro X.Ra`no bozorda kuyovi X.Sayyodni nevarasi bilan gaplashib turganidan norozi bo`lib, oldindan kelishmovchiligi sababli kuyoviga «…qo`lingni ol boladan»-deb, gapirgan. Kuyovi X.Sayyod jahli chiqib, qaynonasi X.Ra`noni qo`li bilan bosh sohasiga bir musht urib tan jarohati etkazgan.

Natijada X.Ra`no tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan, Uzun tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

Manba: darakchi.uz

Leave a comment