«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Shofirkondagi uylarning biri yonib ketdi

Buxoro viloyatida 3 avgust kuni soat 18:35 atrofida Shofirkon tumanidagi A.Navoiy MFY Hovlipoyon qishlog‘i A.Q.ning uyidagi oshxonasi yonib ketgan.

Yong‘inda oshxonaning 20 kvadrat/metr maydonidagi tom qismi va qisman oshxona jihozlari yongan. Yong‘in qutqaruvchilar tomonidan 19:10 da bartaraf etilgan.

Hodisada uyning 210 kvadrat/metr maydoni saqlab qolingan. Bunga xonadondagi elektr simlarining ortiqcha kuchlanishida qisqa tutashuv yuz bergani sabab bo‘lgan. Yong‘in oqibatida 10 million so‘m moddiy zarar yetgan va fuqarolarning halok bo‘lish, tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.

Manba: aniq.uz

Leave a comment