«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O`zbekistonda chorvachilik bilan shug`ullanuvchi aholi soni 2026 yilda 6,5 mln.nafarni tashkil etadi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi Chorvachilik sohasining o`tgan 2017-2020 yillardagi holati va 2021-2026 yillarda rivojlanish tendensiyalari to`g`risida ma`lumotni taqdim etdi.

Ma`ulm qilinishicha, chorvachilik sohasining 2017-2020yillar davomidagi rivojlanish yo`nalishi o`sish dinamikasi bilan ajralib turgan bo`lsa, keyingi 2021-2026 yillarda jadal rivojlanish dinamikasi bilan ajralib turadi.

Jumladan, loyihalarning amalga oshirilishi hisobiga yirik chorvachilik komplekslari ortib boradi natijada fermer xo`jaliklari tomonidan etishtiriladigan chorvachilik mahsulotlarining ulushi (2016 yilga nisbatan 4,5 foizdan20 foizga, buning hisobidan sut va go`sht mahsulotlarini qayta ishlash (2016 yilga nisbatan 3,4 foizdan)57 foizga etkaziladi.

Joriy yilda barcha toifa xo`jaliklarida parvarish qilinayotgan qoramollarning 92,7 foizi (2017-2018 yillarda 95,5 foiz) aholi xonadonlariga, 7,3 foizi (2017-2018 yilda 4,5 foiz) fermer xo`jaliklariga to`g`ri kelmoqda.

2017-2018 yillarda chorvachilik sohasining YaIMdagi ulushi 45,6 foizdan 48,5 foizga va qiymati esa 141 foizga oshgan bo`lsa, 2021-2026 yillarda YaIMdagi ulushi 48,5 foizdan 55 foizga, qiymati esa 165 foizga oshirilishi rejalashtirilgan.

O`tgan davr mobaynida chorvachilik faoliyati bilan shug`ullanuvchi aholi soni 1,7 mln. bo`lgan bo`lsa, joriy yilda 2,5 mln, 2026 yilda 6,5 mln.nafarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, joriy yilning o`zida qiymati 7 trln. 122 mlrd. so`mlik 1 828 ta loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Bugungi kun holatiga ko`ra 3 trln. 703 mlrd. so`mlik (52foiz1 131 ta loyiha (62foiz) amalga oshirilib, natijada yangidan 18ming 200ta ish o`rinlari yaratildi.

Amalga oshirilgan loyihalar doirasida xorijiy davlatlardan 81 ming 276bosh qoramollar hamda 73 ming 903 bosh qo`y-echkilar olib kelindi.

(2017-2019 yillar davomida umumiy qiymati 2,8 trlnso`mlik 368ta loyiha amalga oshirilgan. Loyiha doirasida 70ming bosh qoramol olib kelinib, 1 100 nafar ish o`rinlari yaratilgan).

Bundan tashqari chet davlatlardan keltirilgan go`sht yo`nalishidagi tez etiluvchan qoramollarning Aberdin-angusSharoleGereford va Limuzin kabi yangi zotlarni ko`paytirish choralari keng ko`lamda olib borilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlarida bunday zotlardan 30ming boshdan ortig`i parvarishlanmoqda. (2017-2018 yillarda Respublikada bo`lmagan).

Shuningdek, mayda shoxli mollarning zotini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish maqsadida qo`ylarning Merinos, Romanov, Edilboy, Dorper zotlari hamda echkilarning Angor va Zanen zotlarichet davlatlardan keltirilib, ularni bosh sonini yanada ko`paytirish choralari ko`rilmoqda.

Shuningdek, sanoat usulida sut va go`sht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan jami 501 ta shundan 239 ta sutchilik yo`nalishida va 262ta bo`rdoqichilik yo`nalishida yirik chorvachilik komplekslari ishga tushirildi. (2017-2018 yillarda bu yo`nalishdagi chorvachilik komplekslari umuman tashkil etilmagan)

2017-2019 yillarda chorvachilikka ixtisoslashtirilgan tumanlar mavjud bo`lmagan. 2021 yilga kelib respublika bo`yicha 38ta tuman chorvachilikka ixtisoslashtirildi. Xususan, Qoraqalpog`iston Respublikasida Bo`zatov, Mo`ynoq, Taxtako`pir va Qo`ng`irot tumanlari, Toshkent viloyatida Oxangaron tumani, Qashqadaryo viloyatida Kasbi, Nishon, Mirishkor hamda Koson tumanlari.

2017-2019 yillar oralig`ida quvvati 1000 bosh va undan yuqori bo`lgan chorvachilik komplekslari mavjud bo`lmagan2020 yilda sohada amalga oshirilgan samarali ishlar natijasida birgina qoramolchilik yo`nalishida joriy yilning bugungi kuniga qadar quvvati 100 boshdan 300 boshgacha bo`lgan xo`jaliklar 1 ming 124 tani, 300 boshdan 500 boshgacha bo`lgan xo`jaliklar 460 tani500 boshdan 1000 boshgacha bo`lgan xo`jaliklar soni 256 tani, 1000 bosh va undan yuqori bo`lgan xo`jaliklar soni 136 tani tashkil etmoqda.

2021-2026 yillarga borib quvvati oshib borgan fermer xo`jaliklar soni ilovadagi ko`rsatkichga etkazilishi rejalashtirilgan

500 dan 1 000gacha 264 303 350 397 414
1 000 va undanyuqori 143 190 210 230 250
Vaboshqalar 10392 10701 11016 11339 11666
Jami 10799 11194 11578 11968 12330
2022y. 2023y. 2024y. 2025 y. 2026y.

Manba: darakchi.uz

Leave a comment