«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Ota 2 nafar farzandlariga uy-joy hadya qildi

Majburiy ijro byurosi Pop tuman bo‘limi tomonidan aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash davomida targ‘ibot va tushuntirishlardan so‘ng ota 2 nafar farzandlari voyaga yetgunga qadar hisoblangan qarzdorlik evaziga uyni notarial tartibda o‘tkazib berdi.

Fuqaro R.Tursunov turmush o‘rtog‘i N.Imomxo‘jayeva bilan oilaviy kelishmovchilik sabab ajrab ketishgan. 2 nafar farzand ona qaromog‘ida qoladi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining buyrug‘iga ko‘ra farzandlar uchun aliment undirish belgilanadi. Fuqaro R.Tursunov bilan alimentni o‘z vaqtida to‘lashligi yoki voyaga yetgunga qadar bir yo‘la to‘lab berishi mumkinligi tushuntiriladi.

Kuni kecha Byuroning tuman bo‘limiga u 2 nafar farzandi uchun 18 yoshga qadar bo‘lgan davrga hisob-kitob qilib berishlarini so‘rab murojaat etdi. Davlat ijrochisi tomonidan hisoblanganda qarzdorlik 230 mln. so‘mni tashkil etdi. Mas’uliyatini his etgan ota farzandlari uchun aliment mablag‘ o‘rniga uy-joyni berdi.

Manba: aniq.uz

Leave a comment