«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Sumatra orolidagi vulqon shaharlarning kul bilan qoplanishiga sabab bo‘ldi (video)

Indoneziyaning Sumatra orolidagi Sinabung vulqoni faollashdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra tutun ustuni 4,5 kilometr balandlikkacha ko‘tarilgan. Yaqin hududlarda joylashgan shaharlarni vulqon kuli qoplab olgan. Lava hali otilib chiqayotgani yo‘q, seysmologlarning aytishicha bu ma’lum vaqtdan keyin sodir bo‘lishi mumkin.

Sinabung vulqoni 11 yil oldin 400 yillik uyqudan keyin faollashgan. Shundan buyon vaqti-vaqti bilan otilib turadigan mazkur vulqon 25 nafar odamning hayotiga zomin bo‘lgan.

Kul shaharlarni qoplay boshlaganidan keyin 30 mingga yaqin aholi xavfli hududdan boshqa yerga ko‘chirilgan. Mahalliy hukumat vulqon yaqiniga kelmaslikni, xususan, undan 5 kilometr uzoqda bo‘lishni tavsiya etgan.

Eslatib o‘tamiz, Sinabung vulqoni oxirgi marta 2021-yil may oyida otilgan. Ushbu jarayonda kulning balandligi 6 kilometrgacha ko‘tarilgandi. Shuningdek, mayda Kongoda Nyiragongo vulqoni otila boshlagan, mahalliy aholi evakuatsiya qilingandi, keyinchalik vulqon otilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni uch baravar ko‘paygandi.

Manba: daryo.uz

Leave a comment