«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Iste’molga yaroqsiz: yegulik zaharga aylanishi mumkin bo‘lgan 16 holat

Qanday mahsulotlarni iste’mol qilish salbiy oqibatlarga olib kelishi haqidagi ma’lumotni e’tiboringizga havola qilamiz.

Mikroko‘katlar

Iloji boricha mosh, brokkali, lyutserin va boshqa dukkakli o‘simliklarning maysalarini xomligicha yeyishdan tiyiling. Gap shundaki, u E.coli ichak bakteriyasining ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

Foto: Freepik

Sho‘rva, dimlangan va qovurilgan taom

Tayyor bo‘lgan taomni soviganidan keyin o‘z vaqtida sovitkichga qo‘ymasa (2-3 soat ichida) unda toksik mikroorganizmlar ko‘payishni boshlaydi. Bu ayniqsa dimlab va qovurib pishirilgan taomlarda ko‘p sodir bo‘ladi.

Pishirilgan guruch

Termik ishlov berilganda ham yo‘qolmaydigan Bacillus cereus bakteriyasi “boshpana topishi” mumkinligi sabab ham guruchni xonada qoldirmaslik kerak. Zararlanish ehtimoli yuqori bo‘lmagani bilan yarim soatdan keyin ko‘ngil aynimasligi hamda yaqin soatlarda diareyadan aziyat chekmaslik uchun sovitkichga qo‘yish, unda ham bir kundan uzoq saqlamaslik kerak.

Kartoshka, tuxum va baliq qo‘shilgan salat

Stafilokokk, ayniqsa qo‘l bilan aralashtirilgan bu kabi salatlarda ko‘payishi mumkinligi sabab ham, ularni uzoq saqlamaslik, o‘zgarish sezilsa iste’mol qilmaslik kerak.

Foto: Freepik

Mevali salat

Mevali salat tayyorlanish jarayonida: yuvish, po‘stini artish va kesishda qo‘l qayta va qayta tegishiga to‘g‘ri keladi. Kim tomonidan tayyorlangani va gigiyena qoidalariga rioya qilinganiga ishonchingiz komil bo‘lmasa.

Qovurilmagan kotlet qo‘shib tayyorlangan burger

Yetarli darajada qovurilgani hisobiga aksariyat hollarda parazitlarga go‘shtga xavf sololmaydi. Ammo burger uchun ishlatiladigan kotletlar turli go‘shtlardan tayyorlangan bo‘lishi va istalgan qismida bakteriya bo‘lishi mumkin.

Yemakxonadagi taomlar

Ovqatni tayyorlanish jarayonida bir nechta qo‘ldan o‘tgan bo‘lsa va tarelkaga kelib tushgunicha qancha ko‘p odam “ishtirok etgan” bo‘lsa, zararlanish ehtimoli shuncha ko‘p bo‘ladi.

Pasterizatsiya qilinmagan sut mahsulotlari

Sut mahsulotlari ishlab chiqariladigan fermalar qanchalik steril bo‘lmasin, zararlangan jonivorlar sutga ta’sir qilishi mumkin. Aynan shuni inobatga olgan holda pasterizatsiya qilinmagan sut va boshqa sut mahsulotlarini xarid qilishdan qochish kerak.

Konservalangan banka va konteynerdagi taom hamda ichimliklar

Bu kabi mahsulotlarni iste’mol qilish Clostridium botulinum bakteriyasi tufayli botulizm bilan kasallanishga olib kelishi mumkin.

Foto: Freepik

Pechda pishirilgan kartoshka

Pechda pishirilganidan ikki soat o‘tib kartoshkani folga qog‘ozga o‘rab sovitkichga qo‘yilmasa, botulizm bilan zararlanish mumkin. Bakteriya 5 daqiqa davomida 185 daraja qizdirilganda yo‘q bo‘ladi.

Barra pomidorlar

Meva va sabzavotlar o‘z navbatida bakteriyalar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan suv bilan kontaktda bo‘ladi. Ko‘pincha o‘lchami va rangiga qarab suvli idishga solingani sabab pomidorlar ayniqsa xavfli sanaladi. Gap shundaki, pomidorlar mazkur solingan suvni o‘ziga shimib oladi. Shuning uchun iste’mol qilishdan avval yaxshilab yuvishni unutmaslik kerak.

Salat bargi

Salat bargi va yerda o‘sadigan boshqa ko‘katlarda ham yuvishning o‘zi bilan yo‘qolmaydigan bakteriyalar bo‘lishi mumkin.

Pasterizatsiya qilinmagan sharbatlar

Har bir o‘ramdagi sharbat ko‘plab mevalar, xususan, yerga tushgan olma va nokdan tayyorlangan bo‘lishi mumkinligi sabab ham zararlanish ehtimoli ko‘p bo‘ladi.

Yaxshilab qovurilmagan tovuq

Tovuq go‘shtida bo‘lishi mumkin bo‘lgan salmonella bakteriyasini 165 daraja harorat bilan o‘ldirish mumkin. Pishmagan tovuq go‘shti turgan yuza va qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak.

Xom tuxum

Salmonella bakteriyasi po‘stloq orqali kirishi oson ekani sabab ham hech qachon xom tuxumni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Qolaversa, restoran va kafelarda ovqatlanganda ham sous tarkibida xom tuxum bor yoki yo‘qligini ham aniqlashtirib keyin buyurtma qiling.

Foto: Freepik

Yong‘oqlar

Po‘chog‘i tozalanmagan yong‘oqlar aksariyat hollarda yerdan terib olinadi, po‘stini qo‘l bilan artilganda esa zararli bakteriyalar to‘g‘ridan to‘g‘ri og‘izga tushishi mumkin bo‘ladi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment