«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari aholisi ogohlantirildi

Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida va vodiyning Qirg‘iz Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga, 29-31-iyul kunlarida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi bor.

Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq uch kunlik yuqori haroratdan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab biroz salqin havo bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment