«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Shahrisabzda sigir quduqqa tushib ketdi (foto)

Joriy yilning 22-iyul kuni soat 11:50 da Shahrisabz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining navbatchilik qismiga Shahrisabz shahar A.Qodiriy ko‘chasi 28-uyda yashovchi fuqaro murojaat qiladi.

U sigiri hovlisidagi chuqurligi 5 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketganligi to‘g‘risida xabar berib, uni olib chiqishda amaliy yordam so‘ragan.

Foto: FVV
Foto: FVV

Mazkur murojaat yuzasidan, bo‘limning yong‘in-qutqaruv qismi qutqaruvchilari yuqoridagi manzilga zudlik bilan yetib borishib, quduqdagi sigirni jarohatlarsiz olib chiqishgan.

Manba: xabar.uz

Leave a comment