«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekistonning oltin zaxiralari bo‘yicha egallagan o‘rni ma’lum qilindi

O‘zbekiston Markaziy banki oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoda 17-o‘rinni egalladi. Bu haqda World Gold Council (WGC) ma’lumotlariga asoslanib Spot ma’lum qildi.

Olti oylik tanaffusdan so‘ng, jahon markaziy banklari oltinga investitsiyalarni faol ravishda oshirishni boshladi — birinchi chorakda 95,5 tonnani sotib oldi, bu 2020 yilning butun ikkinchi yarmiga nisbatan 25 foizga ko‘pdir.

Qo‘shma Shtatlar 8,1 ming tonna oltin zaxiralari bilan hali ham birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Mamlakat oltin-valyuta zaxirasining 79,2 foizini tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rinda Germaniya (3,3 ming tonna, 76,2 foiz), Italiya uchinchi (2,4 ming tonna, 70,8 foiz).  O‘zbekiston ushbu ruyxatda 352,7 tonna oltin zaxirasi bilan 17-o‘rinni egallab turibdi. Bu miqdor mamalkat oltin zaxirasining 60,5 foizi tashkil qilmoqda.

Markaziy banklari oltinga investitsiyalarni ko‘paytirishda eng faol bo‘lgan beshta mamlakat mavjud bo‘lib, ulardan biri taxminan 32 tonnani sotib olgan O‘zbekiston Markaziy banki hisoblanadi.

Filippin va Turkiyaning Markaziy banklari tendensiyaga qarshi harakat qilib, yil boshidan beri mos ravishda 24,7 va 18,1 tonna metall sotganlar.  Natijada, ushbu mamlakatlar zaxirasidagi oltin hajmi mos ravishda 164,1 tonna va 526 tonnani tashkil etganligi ma’lum qilinmoqda.

Manba: xabar.uz

Leave a comment