«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining 90 ming dozalik komponentlari olib kelindi

15-iyul kuni O‘zbekistonga Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik 1-komponenti, 20 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, 1-iyun kuni “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 70 ming dozali 1-komponenti, 10-iyunda 70 ming dozali 2-komponenti aprel oyida esa ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgandi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent). 5-iyulda esa mazkur vaksinaning yana 40 ming dozali 1-komponenti olib kelingandi.

Shunday qilib, mamlakatdagi “Sputnik V” vaksinasi zaxirasi 370 ming dozaga yetdi.

O‘zbekistonda jami vaksina zaxirasi 7 million 530 ming dozani tashkil qilmoqda. Ulardan 660 ming dozasi AstraZeneca, 6,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolarini “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash aprel oyi oxirlaridan boshlangan edi. O‘zbekistonga aholini emlash uchun olib kelinayotgan “Sputnik V”ning yarmini tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirgan. Ushbu vaksinadan jami 1 million doza sotib olish ko‘zda tutilgan.

Manba: daryo.uz

Leave a comment