«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 493 kishida koronavirus, 367 kishida pnevmoniya tasdiqlandi. To‘rt bemor vafot etdi

O‘zbekistonda 14-iyul kuni 493 kishida koronavirus aniqlanib, mamlakatda COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 117 902 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 31 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 31 nafari Andijon viloyatida,
  • 20 nafari Buxoro viloyatida,
  • 44 nafari Jizzax viloyatida,
  • 18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 14 nafari Navoiy viloyatida,
  • 23 nafari Namangan viloyatida,
  • 33 nafari Samarqand viloyatida,
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 28 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 38 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 52 nafari Toshkent viloyatida,
  • 131 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bundan tashqari, kecha kun davomida 367 nafar kishida pnevmoniya tasdiqlandi.

Vazirlikning qayd etishicha, so‘nggi sutkada jami 395 kishi — Qoraqalpog‘istonda 27 nafar, Andijonda 46 nafar, Buxoroda 11 nafar, Jizzaxda 98 nafar, Qashqadaryoda 16 nafar, Navoiyda 15 nafar, Namanganda 27 nafar, Sirdaryoda 25 nafar, Farg‘onada 23 nafar, Toshkent viloyatida 29 nafar, Toshkent shahrida 78 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar soni 112 941 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 785 nafarni tashkil qilmoqda.

Avvalroq Buxorodagi OTMda koronavirusni tez fursatda aniqlash va aniq tashxis qo‘yishga mo‘ljallangan ilmiy laboratoriya ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Manba: daryo.uz

Leave a comment