«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Toshkentda havo ifloslanishi sezilarli darajada kuchaydi

Gidrometeorologiya xizmati 5- 10-iyulgacha Toshkent shahri bo‘yicha atmosfera havosi sifati to‘g‘risidagi ma’lumotni e’lon qildi. 

Poytaxtda atmosfera havosining ifloslanishi kuzatuvlari 13 ta statsionar postda olib borildi.

Shahar bo‘yicha ushbu davrda sutkalik ruxsat etilgan me’yorlarning: azot dioksidi 1,5 marta; vodorod ftorid (HF) bo‘yicha 1,6 marta, chang 3,3 marta, fenol va uglerod oksidi bo‘yicha 1,3 marta ortgani qayd etildi. Boshka ifloslantiruvchi moddalar sanitar me’yordan oshmagan.

Avvalroq, Toshkentda so‘nggi 150 yildagi eng yuqori haroratlardan biri qayd etilgani xabar berilgandi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment