«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Rasmiy xabar! Kosonsoyda 8 nafar fuqaro halok bo‘ldi

Bugun, 13-iyul kuni  Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgan. Ushbu sel oqimlari 13:35larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Obod» MFY hududidan o‘tuvchi «Kosonsoy» soyidan oqib kelgan.

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari, Prokuratura organlari xodimlari chiqishgan hamda vaziyat nazoratga olingan.

Rasmiy xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Hududda FVV qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda sel natijasida soyda odamlar oqib ketayotgani tasvirlangan videolar tarqalgandi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment