«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Namanganda kuchli do`l yog`ib, sel keldi. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda (video)

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 13 iyul kuni do`l yog`di. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tabiat hodisasi aks etgan foto va videolar tarqaldi.

Voqea guvohlarining aytishicha, kattaligi toshdek keladigan do`l kuchli yomg`ir aralash yog`gan. Tumanda avval bunday do`l yog`ishi kuzatilmagan.

Yana bir guvohlarning so`zlariga ko`ra, do`l erni qordek qopladi, ekinzorlarni vayron qildi, uzumlar xam erlarga to`kilib tushdi.

Mazkur holat yuzasidan Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

Xabarga koʻra, 13-iyul kuni Kosonsoy tumanining Qirgʻiziston bilan chegaradosh xududida soat taxminan 13:30 larda qisqa muddatli kuchli yomgʻir yoqqan. Buning oqibatida Kosonsoy soyiga sel kelgan.

Qayd etilishicha, hozirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, hokimiyat vakillari hamda mahalliy fuqarolar bilan birga qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Manba:darakchi.uz

Leave a comment