«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Kosonsoyda kuchli do‘l yog‘ishi ortidan kelgan sel odamlarni oqizib ketgani aytilmoqda. FVB va IIB qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 13-iyul kuni do‘l yog‘gandi. Do‘l ortidan Kosonsoy soyiga sel keldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, sel oqibatida bir necha odamlar oqib ketgan.

Viloyat FVB matbuot xizmatining xabar berishicha, 13-iyul kuni Kosonsoy tumanining Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududida soat taxminan 13:30 larda qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ish natijasida Kosonsoy soyiga sel kelgan.

Hozirda FVB, IIB, hokimiyat vakillari hamda mahalliy fuqarolar bilan birga qidiruv qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

“Namangan suv ta’minot” matbuot xizmati Kosonsoy tumanida soy suvining haddan tashqari loyqaligi sababli suv uzatish inshootidan aholiga ichimlik suvi yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgan.

Manba: daryo.uz

Leave a comment