«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Buxoroda nogiron erkakning uyiga o`g`rilik qilgan yigitlarga qonuniy jazo tayinlandi

Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida 29 dekabr kuni nogironligi bor erkakning uyiga bostirib kirib, o`g`rilik qilgan yigitlar sud qilindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, voqea 28 dekabrdan 29 dekabrga o`tar kechasi tumanning Sharq mahallasi hududida sodir bo`lgan. Aniqlanishicha, g`ijduvonlik 24 yoshli A. va Sh., 25 yoshli R., 23 yoshli M. hamda 19 yoshli M. ismli yigitlar «boy aka» nomi bilan tanilgan nogironligi bor tadbirkor S.S.ning xonadoniga bostirib kirgan.

Ta`kidlanishicha, ular xonadon egasini qo`rqitish uchun pichoq bilan qurollanib, qora rangli futbolka bilan niqoblangan. Mazkur bosqinchilikda ular mashina yukxonasida bo`lgan 12,5 million so`m pul va ikki dona telefon apparatini olib, yo`l chetida kutib turgan «Damas»da voqea joyidan yashiringan.

Manba: darakchi.uz

Leave a comment