«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Voyaga yetmagan qizlar o‘g‘irlik jinoyatini sodir etdi

Buxoro viloyati Buxoro tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 28 iyun kuni soat 08:00 dan 1 iyul kuni soat 19:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomalum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Buxoro tumani Bog‘idasht mahallasi Udurg‘i ko‘chasida joylashgan 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro T.N. ga tegishli bo‘lgan hovliga g‘ayriqonuniy ravishda kiradi.

Natijada hovli ichidan bir dona bahosi 2 million so‘mlik “LG” rusumli konditsioner hamda bir dona bahosi 1 million 500 ming so‘mlik “SAMSUNG” rusumli konditsioner dvigatelini o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga jami 3 million 500 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashirinadi.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Temiryo‘lchilar ko‘chasida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan fuqaro T.M. va shu manzilda yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.Z. ismli voyaga yetmagan qiz bolalar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilganliklari aniqlanadi. Gumon qilinuvchilardan ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olinadi.

Hozirda ushbu ikki nafar voyaga yetmagan qizning hududlarda sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan shu kabi boshqa jinoyatlarga aloqadorliklarini aniqlash yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA

Leave a comment