«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Er yigitlar manglayidan oqqan ter

Ona yurt sarhadini yovuz yog‘iylardan qo‘riqlash nechog‘li murakkabligi Vatan himoyachilari bilan yonma-yon yurganda yaqqol bilinadi.

Er yigitlar manglayidan oqqan ter bunga isbot. Ularning oru g‘ururi o‘zidan baland, o‘ziday kelbatli.

Mudofaa vazirligining Sharqiy harbiy okrug «G‘urumsaroy» hamda Toshkent harbiy okrugining «Анг­рен» dala-o‘quv maydonlarida bo‘lib o‘tgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari yurtimiz tuprog‘iga biror yov yo‘lolmasligini amalda ko‘rsatdi. Unda vertolyot aviatsiyasi yordamida bo‘linmalarning jipslikdagi harakatlari, murakkab vaziyatlarda keskin qaror qabul qilish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Uch bosqichda tashkil etilgan mazkur o‘quvda dastlab bo‘linmalar bevosita uzoq masofaga marsh yurish, harakat davomida zararlangan hudud va shartli dushman pistirmasidan talafotsiz o‘tish, uchuvchisiz uchish apparatlaridan himoyalanish shartlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. Shuningdek, dushman ortiga guruhlarni desantlashtirish, razvedka va maxsus tadbirlarni olib borish, qidiruv-qutqaruv hamda bo‘linmalarni jangovar qo‘llash hududidan evakuatsiya qilish shartlarini amalda bajardi.

Hech qanday xavf harbiy xizmatchilarning кўнг­лига qo‘rquv sola olmaydi. Chunki ular jangovar o‘quv mashg‘ulotlarida mahorat, matonat va irodasini toblagan. Ob-havoning har qanday шарои­тиda, istalgan vaqtda dushman xatarini yengib o‘tishga qodir. Vatan chorlovi er yigit uchun g‘urur, oriyat o‘rtaga қў­йилган ont singari muqaddas. Vatan desa, dunyolarni junbushga keltirar shashti, shaxdi bor. Unga bundan-da, ortiqroq sharaf yo‘q.

Ushbu o‘quv bizning mashg‘ulotdagi dastlabki ishtirokimiz emas. Ammo bu galgisi odatdagidan bo‘lakcha edi.

Soat tungi 2:18. Ko‘pchilik miriqib orom olayotgan bu пайт­da jasur o‘g‘lonlar poligonda o‘rnatilgan palatkalarda нав­бат almashib, tog‘u tosh, qamishzoru to‘qayzorlar, qo‘yingki, dushman qadam olishi mumkin bo‘lgan barcha pana-pastqamlarda sarhadlarni qo‘riqlab, tun bo‘yi sergak turibdi. Hushyorlik va jangovar shaylikni yo‘qotmaslik ularning birlamchi murodi. G‘anim bo‘y ko‘rsatdimi, yer bilan yakson etadi. Ular yaxshi biladi, bordi-yu, dushman yurt ichkarisiga kirsa, uning mehribon onasi, mushfiq opa-singlisi, rafiqasi, qo‘yingki, yurtdoshlarining hayoti xavf ostida qoladi, tinchi buziladi. Shu bois bu norg‘ul yigitlar yurt tinchligi va himoyasi yo‘lida butun umri, kerak bo‘lsa, jonini tikkan. Ayni paytda oilasi bag‘rida xotirjam uxlayotganlar bir kunini ana shu zahmatda o‘tkaza olarmikan?! Shunday sharoitda chidami, sabru toqati dosh berarmikan?!

 

Navbat almashganlar esa chayon, qoraqurt singari zaharli gazandalar chaqishidan o‘zini himoya qilish uchun yotoq joyi atrofiga kerosin yoki biror yonilg‘ini aylantirib sepib qo‘yadi. Aslida dushman hujumi oldida bunday xavf chikora. Ammo bu azbaroyi o‘z huzur-halovati uchun emas, balki uning zahridan joniga bexos zarar yetsa, dushmanga qarshi chalajon, yarimjon holda kurashmaslik yuzasidan o‘ylangan choradir. Shunday fidoyilik, vatanparvarlikni qalban his etib, ko‘zlaring bilan ko‘rgach, qarog‘ingga uyqu kelarmidi?! Filhaqiqat, bu o‘y ichra ko‘zga sira uyqu inmaydi. Bu bezovtalik bizni yotoqxonaga kirmay, uning shundoqqina yonidagi bo‘linmalar uchun mo‘ljallangan ruhiy to‘siqlar yo‘lagi sinovlaridan o‘tishga undadi. Qoq tun yarmida dastlabki me’yorlarni bajarishga tirishamiz. Har holda, tun pardasi to‘siqlardan chiranib, o‘ta olmay qolganimiz, o‘tsak ham halloslab yo‘l qo‘ygan xatolarimizni атроф­га, o‘zimizdan o‘zgasiga ko‘rsatmaydi. Xulosa shu bo‘ldiki, har qancha tayyorgarlik ko‘rmaylik, ushbu to‘siqlar yo‘lagidan bo‘linma o‘g‘lonlaridek juda qisqa muddatda muttasil, aniq va bekamu ko‘st o‘tishni uddalashimiz mahol ekan. Shu alfozda yotoqxonaga qaytib, tag‘in uxlay olmay, siz o‘qiyotgan shu so‘zlar qalamdan qog‘ozga to‘kildi. Qarabsizki, tong. Yana mashg‘ulotlarni kadrga muhrlash, yoritish uchun tadorik fursati yetadi…

Dunyo va mintaqada tez o‘zgarayotgan tahlikali vaziyat, harbiy harakatlar teatri  yurt himoyachilaridan o‘z ustida tinimsiz izlanish, sohani mukammal o‘zlashtirishni talab etadi. Sharqiy hamda Toshkent harbiy okruglari qo‘shinlariga qarashli bo‘linmalar tomonidan mashg‘ulotning har bir bosqichida jang olib borishning yangi usul va uslublaridan keng foydalanildi. Zamonaviy axborot tizimi qo‘llangan taktik o‘quv davomida guruhlarga bo‘lingan harbiy xizmatchilar tomonidan shartli dushmanni qurshovga olish va yo‘q qilishga qaratilgan mashqlar bajarildi. Bevosita qurshovga olingan dushmanga qarshi aviatsiya zarbalari berildi.

Keyingi yillarda jangovar o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish sifat jihatidan tubdan o‘zgardi. Masalan, amaliyotlarda o‘q sarfi va jangovar texnikalardan foydalanish hajmi ortdi. Mazkur taktik o‘quvda ham pulemyot, minomyot, granatomyot kabi qurollar keng qo‘llanildi. Guruh qurollaridan shartli dushman tirik kuchlari o‘qqa tutildi.

To‘rt kun davom etgan maxsus-taktik o‘quvi alp o‘g‘lonlarga nafaqat yangi bilim va ko‘nikmalar berdi, balki o‘zaro tajriba almashish imkoniyatini yaratdi. Kezi kelganda, aytish joizki, ular bilan yonma-yon, hamroh yurgan harbiy jurnalistlarning mahorati ham shu kabi jangovar o‘quv mashg‘ulotlarida, dala-o‘quv maydonlarida bo‘y ko‘rsatadi. Poligonning chang-g‘ubori, tog‘u toshlari қадр­донингга aylanadi. Vatan himoyachilari bilan bir safda yurib, harbiylar singari yurt tinchligi, osudaligini рос­мana his etasan. Shartli bo‘lsa-da, tahdidlar teatri, o‘q larzasidan tog‘larning тит­роғини yurakdan o‘tkazasan.

Darvoqe, ter. Yigit yuzidagi taft quyosh nuriga nechog‘li omixtalashsa, peshona teri saraton oftobining zarrin ziyosida shunchalik yorqin yaltillaydi. O‘zbekning tom ma’noda peshonasi yaltiragan, mard, asl farzandlari shunday bo‘ladi! Mashg‘ulotning yakuniy natijasi adoqsiz terlardan anglashiladi go‘yo.

Dilshod RO‘ZIQULOV,

leytenant.

O‘zA

Leave a comment