«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Prezidentning joriy haftadagi ish jadvali haqida ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov bugungi brifingda davlatimiz rahbarining joriy haftadagi ish jadvali haqida ham jurnalistlarga ma’lumot berdi.

— Bu haftada ham bir qator tadbirlar kun tartibiga kiritilgan. Jumladan, bugun qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining transformatsiyasi yuzasidan taqdimot, ertaga BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir bilan uchrashuv rejalashtirilgan. 8 iyul kuni Olimpiya zaxiralarini tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish, 9 iyul kuni raqamlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazilishi mo‘ljallangan, — dedi Sherzod Asadov.

Manba: o’za.uz

Leave a comment