«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«O‘limga hukm qilingan» daraxtlar: Shahrisabz va Denovdagi vaziyat

Deputat Rasul Kusherbayev o‘z rasmiy kanalida O‘zbekiston bo‘ylab daraxt kesilishi masalasini yozdi. 

«Denovda daraxtlar bilan bog‘liq vaziyat biz o‘ylagandan ko‘ra jiddiyroq bo‘lib chiqdi.

Tuman markazidagi Sharof Rashidov, Namozgoh mahallasidan o‘tgan yo‘l qatnov qismi va boshqa yerlarda ham yuzlab (balki minglabdir) qimmatbaho daraxtlar oshkora kesib tashlangan, xatto o‘tin sifatida sotuvga qo‘yilganlari ham bor. Har qadamda kesilgan daraxt o‘rniga duch kelib yig‘lamoqdan beri bo‘lasiz. Qonunsizlikning cho‘qqisi»— deya yozadi deputat.

Shuningdek, Shahrisabz tibbiyot birlashmasi hududida ham  daraxtlar kesilishi tanqil qilingan.

Ekologik vaziyat og‘irlashayotgan, anomal issiq yaqinlashayotgan bir paytda bunday harakatlarni tushunish qiyin, albatta.

Bunday vaziyatda ekologiya sohasidagi mutasaddilar jim turmasligi kerak.

Manba: xabar.uz

Leave a comment