«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Maxsus komissiya: Samarqand va Toshkent viloyatiga oid qaror

18 yoshdan katta bo‘lgan Samarqand va Toshkent viloyati aholisini, shuningdek, imkoniyatdan kelib chiqib, boshqa hududlardagi 18 yoshdan katta aholi qatlamini o‘zlari biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida ixtiyoriy ravishda emlash belgilandi.

Bu bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolar shahardagi 40 ga yaqin nuqtalarda bepul vaksina olishlari mumkin.

Manba: xabar.uz

Leave a comment