«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Biz, yoshlar ishonchni oqlaymiz

Joriy yil men uchun juda omadli bo‘lmoqda. Boisi, maktabda a’lo baholarga o‘qib, oltin medal bilan tamomladim. Bundan tashqari, yurtimizda xotin-qizlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, 2020 yil oktyabr oyida Qashqadaryo viloyatida ilk bora, “Respublika lider qizlar-2020” festivalini o‘tkazdim. Bunda viloyatimizdan yuz nafarga yaqin qizlar, shuningdek, qo‘shni viloyatlardan ham tengdoshlarim kelib qatnashdi. Taklif va tashabbuslarini aytib, muhokama qilindi.

Kechagi kun – men kabi butun O‘zbekiston yoshlari hayotida unutilmas sanalardan biri bo‘lib qoladi. Prezidentimizning ma’ruzalarini eshitar ekanmiz, mamlakat yoshlariga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlar bizni juda xursand qildi va shu bilan birga ulkan mas’uliyat hissini yukladi. Davlatimiz rahbarining har bir ma’ruzalarida yoshlarning ilm olishiga alohida urg‘u berishi yurtimizda ta’lim tizimiga bo‘lgan kuchli e’tibordan dalolat beradi. Biz yoshlarga qarata, “aziz bolalarim ilm oling, ilm o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang”, deya qayta-qayta takrorlashi, biz yoshlarni bilim olishga undaydi.

Bitiruvchi yosh sifatida kecha Prezidentimiz tomonidan aytilgan imkoniyatlardan baxtiyor bo‘ldim. Sababi, joriy yilda oliy ta’limga qamrovni 28 foizga ko‘tarilishi, nafaqat “Temir daftar”dagi oila farzandlariga, balki barcha talabalarga 3 yildan 7 yilgacha ta’lim krediti ajratilishi, maktab bitiruvchilariga qo‘shimcha tarzda kasb-hunar diplomlari berilishi, har yili yoshlar bo‘yicha alohida davlat dasturlari ishlab chiqilishi, bu biz yoshlar uchun ulkan imkoniyatdir.

Biz, yoshlar ham mana shu ishonchga munosib bo‘lishga, yaratayotgan imkoniyatlarini oqlagan holda Vatan uchun xizmat qilishga harakat qilamiz va va’da beramiz.

Husniyabonu Ro‘zmurodova,

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 25-umumta’lim maktabi bitiruvchisi.

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA

Leave a comment