«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qashqadaryoda dalada harakatlanib turgan kombayn yonib ketdi (video)

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida 29 iyun kuni dalada harakatlanayotgan kombayn yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, hodisa Muborak tumani Qoraqum mahallasi hududining ochiq er maydonida sodir bo`lgan. Aniqlanishicha, harakatlanib ketayotgan «Kosonagroglobal» MChJga qarashli 2009 yilda ishlab chiqarilgan kombayn yonib ketgan.

Voqea joyiga soat 15:53 atrofida 2 ta yong`in-qutqaruv bo`linmasi etib borib, yong`in soat 16:10 da to`liq o`chirilgan. Hozirda yong`in sababi va moddiy zarari o`rganilmoqda. Yong`in oqibatida hech kimga tan jarohati etmagan. Shuningdek, yong`in-qutqaruv qismidan voqea joyigacha bo`lgan masofa taxminan 35 kilometr bo`lgani aytilgan.

Manba: darakchi.uz

Leave a comment