«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

+498. 28-iyunda kasallanganlar soni bo‘yicha ma’lumot berildi

2021-yil 28-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 110190 (+498) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 16 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 37 nafari Jizzax viloyatida,
  • 13 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 6 nafari Navoiy viloyatida,
  • 26 nafari Namangan viloyatida,
  • 85 nafari Samarqand viloyatida,
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 40 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 52 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 20 nafari Xorazm viloyatida,
  • 50 nafari Toshkent viloyatida,
  • 115 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar,
  • Jizzax viloyatida 29 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 5 nafar,
  • Samarqand viloyatida 78 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 14 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 37 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 14 nafar,
  • Xorazm viloyatida 28 nafar,
  • Toshkent viloyatida 58 nafar,
  • Toshkent shahrida 352 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 106416 (+636) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 733 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3041 nafar bemor davolanmoqda.

Manba: xabar.uz

Leave a comment